“Niqob” filmi yulduzi kinoga qaytishga tayyorligini ma’lum qildi

“Niqob” filmi yulduzi kinoga qaytishga tayyorligini ma’lum qildi

Gollivud aktrisasi Kemeron Diaz uzoq tanaffusdan so‘ng kinoga qaytishga tayyorligini ma’lum qildi.

U bu haqda “YouTube”da namoyish etilgan “Naomi Kempbell bilan” shousi davomida ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aktrisa kinoga qaytishining aniq sanasini oshkor etmagan.

"Birinchidan, men hech qachon "hech qachon" demayman, ikkinchidan, hozirda o‘zimda qat’iylikni his qilyapman. Men 2014 yildan buyon birorta filmda suratga tushmadim. Bu juda uzoq vaqt! Ammo endi qaytishga qarshi emasman! Men ekranlarga qaytib, harakat qilishim kerakligini his qilyapman", - deya ta’kidlamoqda Kemeron.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!