Nigeriyada shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari nomiga quduq qazildi

Nigeriyada shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari nomiga quduq qazildi

Afrika qit’asining Nigeriya davlatida yangi qazilgan quduqqa o‘zbekistonlik mashhur ulamo shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining nomi berildi.

Bu haqda «Islom.uz» portali xabar bermoqda. Hozirda aholi ushbu quduq suvidan foydalanmoqda.

Aholisining 90 foizi musulmonlardan iborat bo‘lgan Nigeriya davlati, Afrikaning janubi-g‘arbiy qismida, Sahroi Kabir mintaqasida joylashgan. Uzoq yillardan buyon mamlakat xalqining katta qismi suvsizlikdan aziyat chekib keladi.

Ushbu xayrli ish tashabbuschilari Moskvada faoliyat yuritadigan «Islamnyus» tashkiloti vakillari ekani alohida ta’kidlanadi xabarda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!