Nigeriyada qurolli hujumda 18 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada qurolli hujumda 18 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyaning Benue shtatida sodir etilgan qurolli hujum oqibatida 18 ga yaqin kishi halok bo‘ldi.

Hujum Benue shtatining Kastina-Ala hududida noma’lum bosqinchilar tomonidan amalga oshirilgan, dedi mintaqa rahbari Jastin Shaku.

Shakuning aytishicha, shtat hukumati hujum ortidan mintaqaga qo‘shimcha xavfsizlik kuchlarini kiritgan.

Benue shtatida vaqti-vaqti bilan qurolli hujumlar sodir bo‘ladi. Yaqinda, 16 iyul kuni Agatu viloyatida sodir etilgan hujumda 12 kishi halok bo‘lgan edi.

So‘nggi paytlarda Nigeriyaning turli hududlariga qurolli to‘dalar, shuningdek, Boko Haram va ISWAP (DEASh terror tashkilotining G‘arbiy Afrikadagi filiali) terror tashkilotlari tez-tez hujum qilib kelmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!