Navoiylik ayolni ishontirib, aldab ketgan ikki erkak ushlandi

Navoiylik ayolni ishontirib, aldab ketgan ikki erkak ushlandi

2019 yil 27 iyun kuni Toshkent shahrining Chilonzor tuman IIBdan tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018 yil 19 sentyabr kunidan 9 oktyabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Xorazm viloyati Urganch tumanida yashovchi 50 yoshli O.I. va Jizzax shahar Jizzaxlik mahallasida yashovchi 25 yoshli F.I.lar Navoiy shahar I.Karimov ko‘chasida yashovchi 39 yoshli O.X. ismli ayolga Turkmaniston Davlatidan 50 tonnalik “Tanado” rusumli kran maxsus texnika vositasini olib kelib berishga kelishib, 90 000 AQSh dollarini olib bergan va’dalarini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganliklari aniqlangan. O.I., F.I.lar ushlanganlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar  boshqarmasining yozishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!