Namanganda "Neksiya"lar to‘qnashdi: er-xotin vafot etdi

Namanganda "Neksiya"lar to‘qnashdi: er-xotin vafot etdi

2019 yil 23 iyul kuni soat 09:15larda Namangan viloyatining Namangan tumanida yashagan 66 yoshli A.A.boshqaruvidagi “Nexia”  avtomashinasini Pop tumanida “Hazratibob” MFY hududidan o‘tuvchi “Pungon-Namangan” yo‘lida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Toshkent shahar Sergeli tumanida yashovchi 45 yoshli SH.A. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, natijada A.A. boshqaruvidagi “ Nexia ” avtomashinasi haydovchisi kasalxonada hamda u bilan yo‘lovchi sifatida ketayotgan turmush o‘rtog‘i 62 yoshli M.A. jarohat olib, voqea joyida vafot etganlar. Shuningdek, haydovchi A.A.ning bir nafar go‘dak nabirasi hamda yana bir “Nexia” haydovchisi SH.A.lar tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!