Namanganda 16 yoshli o‘quvchi qiz o‘zini osib qo‘ydi

Namanganda 16 yoshli o‘quvchi qiz o‘zini osib qo‘ydi

Namangan viloyati Chortoq tumanida 16 yoshli 10-sinf o‘quvchisi 4 dekabr kuni uyida o‘zini osib qo‘ydi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.

Tuman Ichki ishlar bo‘limi navbatchisining aytishicha, yuz bergan voqea yuzasidan tuman prokuraturasi o‘z surishtiruvini boshlagan.

Qiz nega o‘z joniga qasd qilgani ma’lum emas.

«Bu o‘quvchi faqat «4», «5» ga o‘qirdi. Doim xushchaqchaq, faol o‘quvchilardan edi. Kecha to‘satdan o‘zini osgani haqida xabar topdik. Kimdir uni xafa qiladigan qiz emasdi», — deydi maktab direktori Asila Rahmonova.

Avvalroq Shahrisabzdagi 1-liseyning 7-sinfida o‘qiydigan bola o‘z uyida osilgan holda topilgan edi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!