«MYu» Ronaldu bilan,kelishuvni bekor qilishni ko‘rib chiqishi mumkin, agarda...

«MYu» Ronaldu bilan,kelishuvni bekor qilishni ko‘rib chiqishi mumkin, agarda...

«Manchester Yunayted» klubi Krishtianu Ronaldu bilan amaldagi kelishuvni bekor qilish variantini ko‘rib chiqishi mumkin.

Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi portugaliyalik 37 yoshli forvardning jamoadagi ishiga nisbatan munosabatini o‘zgartirishini xohlamoqda. Bu ro‘y bermasa, klub kelishuvni bekor qilish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin.

Ronalduning manchesterliklar bilan amaldagi kelishuvi 2023 yilning yoziga qadar belgilangan.

Avvalroq, Krishtianu «MYu»ning mavsum oldi yig‘inini o‘tkazib yuborgan va YECHLda ishtirok etadigan klubga o‘tish ilinjida jamoani tark etishni istagan edi.

«MYu» APL 2-tur bahsida «Brentford»ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgach, Ronaldu maydonni tark etish arafasida muxlislar oldiga bormagan va ten Hag bilan ham ko‘rishmay kiyinish xonasiga kirib ketgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!