"MYu"da yuzdan ortiq ishchi o‘rni qisqartiriladi

"MYu"da  yuzdan ortiq ishchi o‘rni qisqartiriladi

"Manchester Yunayted"da yirik o‘zgarishlar yuz beradi. Xabarlarga ko‘ra, Ser Jim Retkliff jamoa boshqaruviga kelishi bilan ishni qisqartirishlar bilan boshlaydi. Qayd etilishicha, ingliz milliarderi klubdagi 100 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatadi.

Uning fikricha, hozirda jamoada ortiqcha odamlar xizmat qilmoqda va pul bekorga sarflanyapti. Shu sababli xodimlar safini qisqartirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Avvalroq Retkliff 25 foizlik klub aksiyasini sotib olishi haqida xabar qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!