Mutaxassis nima uchun ayrim odamlar koronavirus bilan zararlanmasligini aytdi

Mutaxassis nima uchun ayrim odamlar koronavirus bilan zararlanmasligini aytdi

Boshqa turdagi koronavirus bilan zararlangan, yaqin orada virusli infeksiyaga chalingan yoki mahalliy immunitetga ega bo‘lgan ayrim odamlar «Covid-19»ni yuqtirmasligi mumkin.

Ushbu fikrlarni Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti yuqumli kasalliklar kafedrasi dosenti, tibbiyot fanlari nomzodi Sergey Voznesenskiy aytib o‘tdi.

Voznesenskiyning ta’kidlashicha, «Covid-19»ning yuqmasligi sabablaridan biri bu boshqa koronaviruslar tomonidan kelib chiqqan kasallikning o‘tgan epizodi, ya’ni o‘zaro faoliyat immunitet mavjudligidir. Ehtimol, odam allaqachon virusli infeksiyani boshdan kechirgan bo‘lishi mumkin. Shundan keyin uning interferon darajasi ko‘tarilgan.

«Bundan tashqari, immunitetning mahalliy elementlari ham bunda muhim ahamiyatga ega. Bu yerda nafas yo‘llarining shilliq qavatiga virusning kirib kelishiga to‘sqinlik qiladigan immunitet komplekslari haqida gap bormoqda», deydi mutaxassis.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!