Musulmonlarning eng xunuk namunasi

Musulmonlarning eng xunuk namunasi

G‘arbda musulmon davlatlar aholisi, ularning madaniyati haqida noto‘g‘ri tushunchalar, stereotiplar ya’ni qo‘pol umumiylashtirishlar mavjud. Bunday xato tasavvurlarni yoyishda mediyaning roli katta. Qolaversa musulmonlarning o‘zi ham qarab turmaydi, shunday qarashlar paydo bo‘lishiga o‘z amallari bilan yordam beradi.

Masalan, kurdlar ba’zi arablar, pokistonliklar orasida honour killings ya’ni nomus uchun o‘ldirish holatlari uchrab turadi. Oiladagi ayol shaxs biror begona erkak bilan ishqiy munosabatdaligi sezilsa o‘sha qiz o‘ldiriladi. Ko‘pincha o‘smir yoshdagi qizlar boyfrend ya’ni oshiq orttiradi. Yoki pokistonliklarda qarindoshidan boshqasiga turmushga chiqmoqchi bo‘lish bu qattiq ayb hisoblanadi. Albatta amakisining, xolasining, tog‘asining yoki ammasining o‘g‘liga tegish kerak.

Ikki standartlikni qarangki, o‘g‘il bolalar maktab davridanoq ishqiy sarguzashtlarni boshlab yuboradi, haromdan bola tug‘diradi. Lekin qizlarniki kechirilmaydi. Qotillikdek jinoyatni din nomi bilan oqlamoqchi bo‘ladigan johillar ham topiladi.

Qizlarni majburlab turmushga uzatishadi. Qo‘shnimni ham Pokistonga kanikulga olib borib amakivachchasiga majburan uzatishgan. Bu so‘tak shu orqali Britaniya pasportini olgan. Xotinini urib ,boshqa narsa qilib kun bermas ekan. Baribir erkin jamiyatda o‘sgan qiz bunga chidolmagan va oxiri ajrashgan. Shundan keyin hamma qarindoshlari bulardan yuz o‘girgan. Xullas mana shunaqa johilliklar orqali stereotiplar, umumlashtirishlar hosil bo‘ladi. Musulmonlar kim desa wife beater, misogynists ya’ni xotin urong‘ich, ayollarni tahqirlovchilar deb o‘ylaydi. Bundan ham battarroq holatlar bo‘ladi. O‘zining yurtidan olib kelgan keliniga zulm qilavergach ular qochib ketadi. Ba’zilarini hatto qaynonasi bilgan holatda qaynotasi zo‘rlashi mahkamalarda ma’lum bo‘lgan. Ishxonalarda hamkasb inglizlar sizni ko‘rganda o‘shalardan bittasi emasligingizni isbotlashga urinish ham befoyda. Chunki mediya ta’sirini yo‘qotish osonmas.

Faiziddin MO‘MIN

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!