Mo‘g‘ulistonda COVID-19 infeksiyasiga chalinganlarning 90 foizi tuzaldi

Mo‘g‘ulistonda COVID-19 infeksiyasiga chalinganlarning 90 foizi tuzaldi

Mo‘g‘ulistonda COVID-19 bilan kasallanganlarning deyarli 90 foizi tuzaldi, deb xabar beradi Tengrinews.kz.

So‘nggi bir kun ichida Mo‘g‘ulistonda 3 bemor davolangan. Shu bilan birga, koronavirusdan yangi holatlar yoki o‘limlar qayd etilmagan.

Mo‘g‘ulistonda yangi koronavirus bilan kasallanganlarning 90 foizi tuzalib ketgan. Hozirda Respublika yuqumli kasalliklar ilmiy tadqiqot markazida atigi 30 kishi davolanmoqda.

Bu haqda Respublika yuqumli kasalliklar ilmiy tadqiqot markazi rahbari A. Ambaselmaa ma’lum qildi.

"O‘tgan kun davomida markazda va Darxon shahridagi laboratoriyada koronavirus infeksiyasining yangi holatlarini aniqlash uchun 592 ta test o‘tkazildi va barcha testlar manfiy natijalarni ko‘rsatdi. Bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha 293 ta kasallik holatlari ro‘yxatga olingan. 263 kishi to‘liq sog‘ayib ketgan. 30 kishi esa ambulatoriya sharoitida davolanmoqda", degan Ambaselmaa.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!