Mudofaa vazirligi otaliqqa olgan qiz Germaniyada davolanmoqda

Mudofaa vazirligi otaliqqa olgan qiz Germaniyada davolanmoqda

Mudofaa vazirligi otaliqqa olgan Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, 20 yoshli Maftuna O‘sarova 2021 yil 2 avgust kuni Germaniyaning “ASKLEPIOS” zamonaviy klinikasiga davolanishga yuborildi, deb xabardi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti.

2016 yilda Maftuna dunyoda juda kam uchraydigan “takayasu sindromi”, ya’ni magistral qon tomirlari torayishi oqibatida insultga chalindi va birinchi darajali nogiron bo‘lib qoldi.

Hozirda Maftuna O‘sarova Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan Germaniyaning “ASKLEPIOS” klinikasida 3 kun davomida ixtisoslashtirilgan tekshiruvlardan o‘tkazildi va intensiv davolash-sog‘lomlashtirish muolajalarini olmoqda.

Mudofaa vazirligi otaliqqa olgan qiz Germaniyada davolanmoqda

Mudofaa vazirligi doimiy ravishda Germaniya klinikasi mutaxassislaridan davolash jarayonlarini o‘rganib, nazorat qilib bormoqda.

Ayni paytda Maftuna O‘sarovaning sog‘lig‘i yaxshilanib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!