MTRK hududida sal kam ikki soat yong‘in bo‘ldi

MTRK hududida sal kam ikki soat yong‘in bo‘ldi

Bugun, 2019 yil 21 avgust kuni soat 01:54da, Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko‘chasi 69-uyda joylashgan “O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi” xududida joylashgan binoning oshxonasi, yordamchi xonalari va tom qismi 400 kv.m. maydonida yongan. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi bu haqda xabar berdi.

Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 02:00da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 02:45da qurshab olinib, soat 03:36da o‘chirilgan.

Yong‘in joyiga 12 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Yong‘in elektr simlarni qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda.

Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.

Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ekt rahbar hamda xodimlarini, shuningdek fuqarolarimizni yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishlarini so‘rab qoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!