Modi Hindistonda ming yillik qullik tugab, ming yillik buyuklik boshlanganini aytdi

Modi Hindistonda ming yillik qullik tugab, ming yillik buyuklik boshlanganini aytdi

Hindiston ikkinchi jahon urushidan keyingi o‘zgarishlar davridagi "global janubning ovozi" sifatida paydo bo‘lmoqda.

Associated Press xabariga ko‘ra, bu haqda bosh vazir Narendra Modi Mustaqillik kunini nishonlash marosimida xalqqa murojaati chog‘ida aytib o‘tgan.

Modi o‘z vatandoshlariga “kelgusi besh yil ichida” Hindiston dunyodagi uchinchi yirik iqtisodiyotga aylanishiga va’da berdi. Chunki qashshoqlikka qarshi kurash va hindlarning farovonligini oshirish davom etmoqda. Bosh vazirning aytishicha, uning hukumati 130 milliondan ortiq odamni qashshoqlikdan xalos qilgan va Hindistonning o‘sib borayotgan farovonligi butun dunyo uchun imkoniyatdir.

“Hindiston global janubning ovoziga aylanmoqda, uning farovonligi butun dunyo uchun imkoniyatga aylanmoqda. Biz dunyoga barqarorlik va’dasini olib yuramiz. Isloh qilish, amalga oshirish, o‘zgartirish bizning shiorimizdir”, dedi Modi.

Hindiston tarixida 1947 yilga qadar "1000 yillik qullik" mavjud bo‘lib, u nihoyat o‘zini Britaniya mustamlakachiligidan ozod qilgan. Endi, bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Hindiston “1000 yillik buyuklik”ni kutmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!