Moderasiya «tanqid maydonidan maqtov maydoniga» o‘tadi

Moderasiya «tanqid maydonidan maqtov maydoniga» o‘tadi

Pavel Durov Telegram'da moderasiyani yaxshilashga va’da berdi.

Messenjer asoschisi bu yil moderasiyani «tanqid maydonidan maqtov maydoniga» o‘tkazish niyatini bildirdi. Bu haqda u Telegram'dagi postida yozgan.

Durov yaqinda Fransiyada hibsga olingan, u yerda unga uyushgan jinoyatchilikka aloqador bir qancha ayblovlar, jumladan, rasmiylar bilan hamkorlik qilishdan bosh tortish, giyohvand moddalar va bolalar pornografiyasini tarqatishda ishtirok etishda ayblangan. Tez orada u hibsdan ozod qilindi.

«Telegram foydalanuvchilarining 99,999 foizi jinoyatga aloqasi yo‘q, biroq 0,001 foiz noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanish butun platforma uchun yomon imidj yaratadi va deyarli milliard foydalanuvchimizning manfaatlarini xavf ostiga qo‘yadi», — dedi Durov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!