MMA chempioning otasini o‘lasi qilib do‘pposlab o‘ldirgan polisiya xodimlari hibsga olindi

MMA chempioning otasini o‘lasi qilib do‘pposlab o‘ldirgan  polisiya xodimlari hibsga olindi

Moskvada 46 yoshli erkakni o‘lasi qilib kaltaklab, so‘ng jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan 3 nafar polisiyachi hibsga olindi.

Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, xavfsizlik xodimlari Dmitriy Blinov, Pavel Popov va Oleg Shishkanov aralash jang chempioni Magomed Yunusilauning otasini o‘lasi qilib do‘pposlagan. Orexovo-Zuyevoda sodir etilgan jinoyat 11 aprel kuni bo‘lib, bir hafta o‘tgach jabrlanuvchi kasalxonada vafot etgan.

Tergov qo‘mitasining mintaqaviy rahbari 1990, 1991 va 1987 yillarda tug‘ilgan milisiya xodimlari Jinoyat kodeksining qasddan zo‘ravonlikdan foydalanib og‘ir tan jarohati yetkazish va amalini suiiste’mol qilish to‘g‘risidagi moddalariga binoan milisiya xodimlariga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilganini xabar qildi. Gumonlanuvchilarda biri hibsga olingan, ikkitasi esa uy qamog‘ida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!