Mirziyoyev va Berdimuhamedov savdo va energetika masalasini muhokama qilishdi

Mirziyoyev va Berdimuhamedov savdo va energetika masalasini muhokama qilishdi

Bugun, 13 noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.

Suhbatda davlat rahbarlari keng ko‘lamli ikki tomonlama hamkorlikning holati va uni oliy darajada erishilgan kelishuvlar doirasida rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilganlar. Shuningdek, prezidentlar o‘zaro tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, sanoat, energetika va qishloq xo‘jaligida kooperasiyani kuchaytirish, samarali transport yo‘laklarini shakllantirish, hududlararo va gumanitar almashuvni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratganlar.

Bundan tashqari, tomonlar hamkorlikning eng muhim yo‘nalishlari, jumladan, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi kurashish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, energetik salohiyatni samarali rivojlantirish borasidagi yondashuv va pozisiyalari mushtarak ekanini qayd etganlar.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!