Kreml Checheniston rahbari o‘rniga nomzod qidirmoqda

Kreml Checheniston rahbari o‘rniga nomzod qidirmoqda

Ramzan Qodirovga oshqozon osti bezi nekrozi tashxis qo‘yilgan. Bu haqda Novaya Gazeta Yevropa nashri xabar bermoqda.

“Novaya Gazeta Yevropa” jurnalistlari Ramzan Qodirovga ushbu tashxis 2019 yilda qo‘yilganini da’vo qilmoqda. Nashrning yozishicha, Qodirov yiliga kamida ikki marta Moskvadagi Rossiya prezidenti ma’muriyatining Markaziy klinik shifoxonasida muntazam muolajalar, jumladan jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan. Bundan tashqari, 2020 yilning yozida Qodirov koronavirusdan tuzalib, endokrin tizimi bilan bog‘liq jiddiy muammolarga duch kelgan.

“Novaya gazeta Yevropa” bu ma’lumotni qayerdan olganini aniqlashtirmagan, Checheniston hukumati ushbu xabarga izoh bermadi.

Shu bilan birga, jurnalistlarning ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil sentyabr oyidan boshlab ma’muriyat “Chechenistonda hokimiyatning almashinuvi ssenariysi”ni ishlab chiqishni boshlagan. Nashr Qodirovning vorisi Checheniston Ichki ishlar vazirligi rahbarining sobiq o‘rinbosari, “Axmat” maxsus kuchlari qo‘mondoni Apti Alaudinov bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!