Meta «Daryodan dengizgacha» shioridagi taqiqni bekor qildi

 Meta «Daryodan dengizgacha» shioridagi taqiqni bekor qildi

Meta Kontentni Moderasiya Kengashi Falastinning «Daryodan dengizgacha» shiori yozilgan postlarga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi. Kengash iborani ishlatishni to‘liq taqiqlash so‘z erkinligiga to‘sqinlik qiladi, degan qarorga keldi.

Kuzatuv kengashi Facebook’dagi «Daryodan dengizgacha» iborasini o‘z ichiga olgan postlar bilan bog‘liq uchta ishni ko‘rib chiqdi va ular Metaning nafrat so‘zlari va gijgijlash qoidalarini buzmaganligini aniqladi.

Shu bilan birga, ushbu iborani to‘liq taqiqlash siyosiy nutqqa nomaqbul tarzda to‘sqinlik qiladi, deb ta’kidladi moderatorlar.

Kengash a’zolarining ko‘pchiligi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan qarorda «Daryodan dengizgacha» shiori falastinliklar bilan birdamlikni namoyish etishi, lekin zo‘ravonlikka chaqirilmagani ta’kidlandi.

Avvalroq Human Rights Watch va Amerika OAVlari Meta o‘zining Facebook tasmasidan qidiruv natijalaridan Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi iboralar bilan tarkibni qasddan yashirganliklari haqida bir necha bor xabar bergan edi. «Daryodan dengizgacha» iborasi birinchi bo‘lib taqiqlangan.

Kontent qarorlari barcha Meta platformalarida (shu jumladan WhatsApp, Facebook, Instagram) majburiy bo‘lgan Kengash «Daryodan dengizgacha» shiori bir nechta ma’noga ega ekanligini va «turli xil yo‘llar va turli niyatlarda» qo‘llanilishini aniqladi.

Isroil bu iborani «antisemitizmni rag‘batlantiruvchi» sifatida ko‘rish kerakligini ta’kidlasada, Meta kengashining aytishicha, shior falastinliklar bilan birdamlikka chaqiriq sifatida ham qo‘llaniladi.

«Ushbu yagona iborani himoyalangan xususiyatlariga ko‘ra guruhga qarshi zo‘ravonlikka chaqirish, ma’lum bir guruhni chetlab o‘tish yoki XAMASni qo‘llab-quvvatlash sifatida tushunish mumkin emas», — deyiladi qarorda.

«Daryodan dengizgacha, Falastin ozod bo‘ladi» iborasi g‘arbda Iordan daryosi va O‘rta er dengizi chegaralarida Falastinni yaratishga da’vatdir. Bu hududlar 1947-1967 yillardagi urushlar natijasida Isroil tomonidan bosib olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!