Messi o‘g‘illari bilan bog‘liq 2022 yilgi Jahon chempionati paytida yuz bergan ta’sirli voqeani so‘zlab berdi

Messi o‘g‘illari bilan bog‘liq 2022 yilgi Jahon chempionati paytida yuz bergan ta’sirli voqeani so‘zlab berdi

Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati vaqtida o‘g‘illari bilan bo‘lgan ta’sirli voqeani so‘zlab berdi.

Gap guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan Argentina — Saudiya Arabistoni uchrashuvidagi (1:2) mag‘lubiyatga Lionel farzandlarining munosabati haqida ketmoqda.

“Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yindan so‘ng Mateo stadionni yig‘lab tark etdi. Tiago matematika bilan shug‘ullanardi va uni tinchlantirmoqchi bo‘lib, Mateoga keyingi ikkala o‘yinda ham g‘alaba qozonsak, saralashdan o‘tishimizni va guruhdan chiqishimizni tushuntirdi”, — deya Messining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Barca Worldwide X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistonidan shov-shuvli mag‘lubiyatdan so‘ng Argentina terma jamoasi guruh bosqichining navbatdagi ikki uchrashuvida Polsha va Meksika terma jamoalari bilan mag‘lub etib, pley-off bosqichiga yo‘l olgan edi.

Ushbu jahon chempionatida Argentina terma jamoasi final bahsida Fransiyani mag‘lub etib, jahon chempioni bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!