Maykl Jeksonning qizi qayerda?

Maykl Jeksonning qizi qayerda?

Shu kunlarda Maykl Jeksonning qizi 20 yoshli Peris Jeksonning ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rinmay qolgani haqida gap-so‘zlar tarqaldi va bunga qizning alkogolga qaramlikdan davolanayotgani sabab sifatida ko‘rsatildi. Qiz rostdan ham shifoxonada shaytonning suviga qaramlikdan davolanayotganmidi?

Bu kabi axborotlar hujumiga Peris jim qarab turolmadi va o‘zining Instagramdagi sahifasida yzqolib qolgani sababini izohladi. Pressa, har doimgidek, hamma narsani bo‘rttirib ko‘rsatadi... ha, men bir muddat ishdan, ijtimoiy tarmoqlardan, telefonda muloqot qilishdan dam oldim, chunki bu ishlar ba’zida juda ko‘p vaqtni oladi va dam olishga ehtiyoj seziladi. Men baxtli va sog‘-salomatman, o‘zimni avvalgidan ham yaxshiroq his qilyapman! Biz yangi qo‘shiq yozdik va uni sizga taqdim qilishdan judayam mamnunman! Umid qilaman, yaizlarda yangi yil muhabbat, quvonch va boshqa barcha yaxshi tuyg‘ular bilan boshlandi. Men yana tezda qaytaman!! .

segodnya.ua


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!