Marokashda Mavlid 20 noyabrda nishonlanadi

Marokashda Mavlid 20 noyabrda nishonlanadi

Marokash qirolligida Mavlidi nabaviy hayiti joriy yilning 20 noyabr, seshanba kuni nishonlanishi ma’lum qilindi. Bu haqda moroccoworldnews nashri xabar berdi.

Marokash Islomiy ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, Rabi ul avval oyining birinchi kuni 9 noyabrga to‘g‘ri kelgan. Shu sababli, sunniy musulmonlar ko‘pchilikni tashkil etuvchi Marokashda Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallamning tavallud ayyomlari kuni 20 noyabrda to‘g‘ri kelgani ma’lum qilingan.

Sunniy musulmonlar Mavlid kunini Rabi ul avval oyining 12 kunida nishonlagan bir vaqtda shia musulmonlari esa Mavlidni shu oyning 17 kunida ekanini ta’kidlaydilar.

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!