Maradonaning o‘limiga sababchi bo‘lgan shaxslarning ismlari oshkor etildi

Maradonaning o‘limiga sababchi bo‘lgan shaxslarning ismlari oshkor etildi

Juma kuni futbolchi Diyego Maradonaning o‘limiga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslarning ismlari oshkor etildi. Argentina rasmiylarining xabariga ko‘ra, ish yuzasidan ikki nafar hamshira va bir nafar shifokor so‘roq qilinmoqda.

Maradona o‘tgan yilning oxirida 60 yoshida vafot etdi. Noyabr oyida uning bosh qismida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan edi. Hozirda esa rasmiylar shifokorlarning ishida beparvolik bo‘lganmi, yoki yo‘q, shuni aniqlashi kerak.

Leopoldo Luiz ismli jarroh ham tergovda ishtirok etmoqda. Ba’zi manbaalar futbol yulduzining o‘limiga aynan shifokorlar sabab bo‘lganini ta’kidlagan edilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!