Malayziyaning sobiq bosh vaziri musulmonlarni birlashishga chaqirdi

Malayziyaning sobiq bosh vaziri musulmonlarni birlashishga chaqirdi

Malayziyaning sobiq bosh vaziri Mahathir Muhammad musulmon davlatlarini tinchlik va barqarorlikni saqlash uchun umumiy asosda birlashishga chaqirdi.

Xususan, agar musulmonlar bir musht bo‘lganida G‘azodagi falastinliklar qirg‘inga uçramagan bo‘lardi, dedi. U erkin dunyoni G‘azodagi falastinliklarning genosidiga barham berish uchun harakat qilishga, birlashishga chaqirdi, hamda Amerika va G‘arbning isroilni qo‘llab-quvvatlashi o‘zlarining tarixlari davomida ilgari surgan barcha demokratik va inson huquqlari qadriyatlariga zid ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, u sunniylar va shialar o‘rtasidagi mazhablararo tafovutni avj oldirishda davom etishdan hech qanday foyda yo‘qligini ta’kidlab, odamlarni taraqqiyotning asosiy masalalari atrofida birlashtirish, shuningdek, insoniyatga xizmat qilish uchun adolatli va samarali raqobat zarurligini ta’kidladi.

Unga ko‘ra, «Ko‘pgina islom davlatlari o‘z davlatlarini boshqarishda kuchli emas, shu sababdan ko‘p zo‘ravonliklar va hatto fuqarolar urushlari sodir bo‘lmoqda. Ularning pullari juda ko‘p, lekin bu pullar rivojlanishga sarflanmaydi, uning katta qismi dollar obligasiyalarini sotib olishga ketadi, bu esa AQShga kredit berishga o‘xshaydi».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!