Maktabda o‘quvchilarning soch uzunligi o‘lchanayetgani rostmi?

Maktabda o‘quvchilarning soch uzunligi o‘lchanayetgani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda maktabda o‘quvchilarning soch uzunligi o‘lchanayotganiga oid fotosuratlar e’lon qilindi.

O‘zbekiston Xalq ta’lim vazirligi o‘quvchilarning sochini o‘lchash yoki ularning tashqi ko‘rinishini tekshirish bo‘yicha hududiy xalq ta’limi boshqarmalariga hech qanday topshiriq bermaganligini ma’lum qilamiz.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 666-sonli qarori bilan  davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan bo‘lib, mazkur Nizomda o‘quvchining tashqi ko‘rinishiga bo‘lgan talablar keltirib o‘tilgan. Barcha ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘quv yilining boshida ushbu talablar bilan tanishtirilgan holda, o‘quv yili davomida o‘z farzandining Nizom talablariga mos ravishda umumta’lim maktablariga kelishini ta’minlashga mas’ul hisoblanadilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!