MakGregorni mag‘lub etgan jangchi Habib Nurmagomedovni jangga chaqirdi

MakGregorni mag‘lub etgan jangchi Habib Nurmagomedovni jangga chaqirdi

Amerikalik jangchi Neyt Dias 3 noyabr kuni Dastin Poryega qarshi jang olib borishi kerak edi. Lekin bu bahs ma’lum bir sabablarga ko‘ra bekor qilindi. Shundan so‘ng  Dias Habib Nurmagomedovni jangga chiqardi.

ESPN nashri jurnalisti Ariel Xelvani bu haqda Diasning o‘zidan so‘radi. “Men Habibni qancha bo‘lsa shuncha kutaman”, -  deb javob berdi Neyt. 

Birinchi jangda MakGregorni yer tishlatgan Dias revansh o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan. Shundan so‘ng, ya’ni 2016 yildan beri u janglarda qatnashmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Konor Makgregorga qarshi jangdan so‘ng Habib Nurmagomedov ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Manba: stadion.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!