Mahalliy aholi korrupsiya uchun hokimni yoqib yubordilar

Mahalliy aholi korrupsiya uchun hokimni yoqib yubordilar

Shafqatsiz qotillik unchalik katta bo‘lmagan Konsepsyon shahrining boshlig‘i ustidan amalga oshirildi. G‘azabli aholi 43 yoshli shahar hokimi Basilio Xurakanni uyidan olib chiqib, ustidan benzin quyishdi va tinimsiz kaltaklanganidan keyin uni yoqib yuborishdi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, qotillikda ishtirok etgan mahalliy aholi, shahar hokimini falsifikasiya va korrupsiyaga qarshi tergov o‘tkazilishini talab qilgan Lorenso Sekekga qarshi hujum uyushtirishni rejalashtirda gumon qilishgan.

Hokim Konsepsyon o‘z oilasi bilan birga ketayotgan avtomobilning yo‘lini boshqa bir avtomobilning to‘sib qo‘ygan va undan turib noma’lum shaxslar siyosatchiga qarata o‘q otishgan.

Natijada, hokimning 17 yashar qizi va 16 yoshli Xurakan ismli jiyani jarohatlar oqibatida halok bo‘lgan, shahar hokimi va to‘rt nafar qarindoshi yaralangan. Shundan so‘ng, shahar hokimi g‘azablangan olomon tomonidan hujumga uchragan. Voqea joyiga yetib kelgan polisiyachilar siyosatchini qutqarib olishga ulgurishmagan.

Ta’kidlash joizki, Gvatemalada jinoyatchilik darajasi juda yuqori. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-may oylarida u yerda 2343 ta qotillik sodir etilgan. O‘tgan yili ushbu kichik mamlakatda o‘rtacha 15,5 qotillik sodir bo‘lgan.

Manba: ufq.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!