Maduro Argentina prezidentini “sionistlar laganbardori” va “fashist” deb atadi

Maduro Argentina prezidentini “sionistlar laganbardori” va “fashist” deb atadi

Falastinning dunyodagi eng katta tarafdorlaridan biri bo‘lgan Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Isroil siyosatini qo‘llab-quvvatlayotgan Argentina prezidenti Xaver Maylini xiyonatkorlikda aybladi, deb yozmoqda TRT Haber.

"Xaver Mayli - laganbardor. Mayamiga borib, Isroil davlatining G‘azoda qilgan ishlarini juda yaxshi deb aytdi. Albatta, u ularning yordamini olishni xohladi. U bundan hazar ham qilmaydi”, - dedi Maduro televideniyeda. U Argentika prezidentini o‘z mamlakati sha’nini oyoqosti qilganini ta’kidlab,

"O‘ngchilar uni boshqarmoqda va u ularga nima kerak bo‘lsa shuni qilmoqda, - deya qo‘shimcha qildi Venesuela rahbari. – Buni nima deb ataysiz? Sharafmi? Mustaqillikmi? Uning shaxsiy pozisiyasimi? Buning birgina nomi bor – xushomad”.

Maduroning ta’kidlashicha, sionizm dunyoda tartibsizlik va zo‘ravonliklarni keltirib chiqaradi. “Dunyoda o‘yin qoidalarini kim buzadi? Xalqaro huquqni kim ommaviy ravishda buzmoqda? Sionistik o‘ngchilar va o‘ng qanot neofashistlar buni Qo‘shma Shtatlar ko‘magida amalga oshirmoqda”, — dedi Venesuela prezidenti.

2023 yil noyabrida Xaver Mayli Argentina prezidenti etib saylanganidan so‘ng Maduro “o‘ta o‘ng neonasistlar g‘alaba qozondi” deb e’lon qilgan edi. Mayli esa bir necha bor Venesuela rahbarini «diktator» deb atagan va unga qarshi chiqqan partiyalarni «to‘liq» qo‘llab-quvvatlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!