Lukashenko: "Kerak bo‘lsa, bemorlarni davolashga yordam beraman"

Lukashenko: "Kerak bo‘lsa, bemorlarni davolashga yordam beraman"

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko agar kerak bo‘lsa, shifokorlarga koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashishga yordam berishga tayyorligini aytdi. Bu haqda "BelTA" agentligi xabar berdi.

"Sizga qandaydir yordam bera olamanmi, iltimos, ayting. Men vazirga Vladimir Stepanovich, demak, biz sen bilan birga bemorlarni davolash uchun yordamga boramiz, deb aytgandim», dedi Belarus rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, respublika sog‘liqni saqlash vaziri Vladimir Karanik "hali kerak emas", deb javob bergan.

Lukashenko, shuningdek, mamlakat virus yuqtirgan odamlarni davolash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishi kerakligini qo‘shimcha qildi.

“Har kim o‘z ishini qilishi kerak. Vahima yo‘q, hamma yoq tinch. Biz siz bilan g‘alaba qozonishimiz, odamlarni qutqarishimiz kerak», – deya ta’kidladi Belarus rahbari.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!