Levandovskining narxi "qulamoqda"

Levandovskining narxi "qulamoqda"

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovskining narxi juda tez pasayishda davom etmoqda.

"Transfermarkt" portalidagi so‘nggi yangilanishlarga ko‘ra, polyak yana 10 million yevro narxini yo‘qotdi va endi uning narxi 20 million yevroga baholanmoqda. Bir yil avval – 2022 yilning noyabrida Levandovski 45 million yevroga baholangandi. O‘shandan beri yulduz forvard allaqachon uch marta - 40, 30 va hozir 20 ga narxi tushdi. Robert Levandovskining transfer qiymati 2018 yilda eng yuqori cho‘qqiga chiqdi. O‘shanda polshalik hujumchi 90 million yevroga baholangandi.

2023/2024 yilgi mavsumda Robert Levandovski 21 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi va sheriklariga 5 ta golli uzatma berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!