Levandovski yozda klubdan ketmaydi - «Bavariya» prezidenti

Levandovski yozda klubdan ketmaydi - «Bavariya» prezidenti

«Bavariya» prezidenti Herbert Hayner jamoa futbolchisi Robert Levandovski shartnomasining oxirigacha Myunxenda qolishini ma’lum qildi.

«Robertning shartnomasi 2023 yilgacha amal qiladi. Demak, kelgusi yilning yozigacha u biz uchun o‘ynashiga to‘g‘ri keladi. Oliver va Hasan unga yangi shartnoma borasida taklif berishdi, ammo u buni rad etdi.

Bunday futbolchilar boshqa top-klublardan muntazam taklif qabul qilishadi. Bu borada hayron bo‘ladigan narsa yo‘q. 2019 yilda ham Robert «Real»ga ketishi mumkin edi. Shunday ekan, bu kabi holatlar bizga yangilik emas.

Dunyo darajasidagi futbolchi uchun o‘rinbosar topish qiyin. Uning shartnomasi bor va o‘ylaymanki, Robert uni oxiriga yetkazib qo‘yadi. Shartnomani uzaytirmaslik — uning huquqi. Albatta, u tekinga klubni tark etishi mumkin. «Bavariya»ga ham tekinga kelgandi», — dedi Hayner.

Avvalroq, polshalik futbolchi jamoani yozda tark etmoqchiligini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!