Levandovski Saudiyadan kelgan ikki yirik taklifni rad etdi

Levandovski Saudiyadan kelgan ikki yirik taklifni rad etdi

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski jamoani tark etishga shoshilmayapti.

Polshalik futbolchi mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazmayapti va mish-mishlar uni Saudiya klublaridan biriga o‘tishi mumkinligi bilan bog‘lamoqda. Keng tarqalgan xabarlarga ko‘ra, 35 yoshli forvard hatto yanvarda ham ketishi mumkin, bu esa "Barselona"ga boshqa o‘yinchilarni sotib olishga sarmoya kiritish imkonini beradi. Jurnalist Adrian Sanchesning xabar berishicha, Levandovski Saudiya Arabistoni chempionatining ikki vakilidan taklif olgan, biroq ikkalasini ham rad etgan.

Robert Levandovski bu mavsumda Xavi Ernandes jamoasi safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!