Latviyada ishga joylash uchun 6 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

Latviyada ishga joylash uchun 6 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

Toshkentda fuqaroni Yevropa mamlakatlaridan birida ishga joylashni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Ichki ishlar organlariga 29 yoshli Alisher YA. murojaat qilgan. Uning ma’lum qilishicha, 23 yoshli Qobiljon N. uni Latviyada ishga joylashtirishni va’da qilib, evaziga 6 ming AQSh dollari so‘ragan.

6 sentyabr kuni kechqurun Mirzo Ulug‘bek tumanida 3900 AQSh dollarini olayotganida Qobiljon N. IIBB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!