Kuvayt va Namangan o‘rtasida parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Kuvayt va Namangan o‘rtasida parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

“Jazeera Airways” aviakompaniyasi Al-Kuvayt-Namangan yo‘nalishida parvozlar yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.

“Dunyo” AA ma’lumotlariga ko‘ra, bu yo‘nalishdagi birinchi reys 30 sentyabr kuni amalga oshiriladi. Haftasiga uchta (dushanba, chorshanba, juma kunlari) reys bo‘lishi kutilmoqda.

"Jazeera Airways" bosh ijrochi direktori Roxit Ramachandranning ta’kidlashicha, bu reys O‘zbekistonga kelayotgan xorijiy sayyohlarning sonini sezilarli oshishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning Kuvaytga eksporti hajmini oshirish uchun qulay imkoniyatlar yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, “Jazeera Airways” aviakompaniyasi o‘tgan yil iyunida Kuvaytdan Toshkentga aviaqatnovni yo‘lga qo‘ygan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!