Kreml Rossiyada senzura mavjudligini tan oldi

Kreml Rossiyada senzura mavjudligini tan oldi

Kreml Rossiyada senzura mavjudligini tan oldi va urush sharoitida buni oqlash mumkinligini ma’lum qildi.

"Ayni paytdagi urush holatida cheklovlar oqlanadi, xuddi shunday senzura ham, to‘g‘risini aytganda, biz urush holatidamiz. Barcha ommaviy axborot vositalari o‘z mamlakatlari rahbariyatining siyosiy buyrug‘ini bajaradi", — dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov intervyuda

Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga qarshi urushdan keyin Rossiyada senzura bekor qilinishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!