Kosonda tuman hokimi ekanligi aytilgan Captiva fojiasi yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Kosonda tuman hokimi ekanligi aytilgan Captiva fojiasi yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

2021 yil 15 yanvar kuni internet ijtimoiy tarmoqlarida “Kosonda Captiva urib yuborgan yo‘lovchi vafot etgan: avtomashina tuman hokiminiki ekani aytilmoqda” sarlavhali ma’lumot yuzasidan rasmiy munosabat berildi.

2020 yil 12 dekabr kuni soat 20:00 larda Dj.R. Boshqaruvidagi Koson tumani hokimiyatiga tegishli, unga xizmat avtomashinasi sifatida biriktirilgan, «CAPTIVA» rusumli, 70 027 KAA davlat raqamli avtotransport vositasini, A-380, «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Benau» avtomobil yo‘lidan «Qarshi-Koson» yo‘nalishi tomon hushyor holatda boshqarib borayotib, avtomobil yo‘lining Koson tumani, «O‘rta Obron» MFY, Mustaqillik ko‘chasidan o‘tgan 82-kilometrining boshlanish joyiga yaqinlashganida, avtomashina yo‘nalishiga nisbatan yo‘lning chap tomonidan o‘ng tomoniga qarab piyoda kesib o‘tayotgan fuqaro Dj.Shni boshqaruvidagi «CAPTIVA» rusumli, 70 027 KAA davlat raqamli avtotransport vositasining old o‘ng tomon qismi bilan urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Oqibatda fuqaro Dj.Sh og‘ir tan shikasti olib, hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan hodisa sodir bo‘lgan joy Koson tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tergovchisi kapitan X.Valiyev va tergov-tezkor guruhi a’zolari tomonidan ko‘zdan kechirilib, prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Marhum Dj.Shni o‘lim sababini aniqlash maqsadida RSTEIAM Qashqadaryo filiali ekspertlari tomonidan 12.12.2020 yilda sud tibbiyot ekspertiza ko‘rigidan o‘tkazilgan. 

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Dj.Shni yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etganligi bo‘yicha Koson tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 12.12.2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi jkning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borish uchun Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasiga yuborilgan.

Ushbu jinoyat ishi Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan ish yurituvga olinib, dastlabaki tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha sudga oid avtotexnika, izshunoslik va transport baxolash ekspertizasi tayinlangan.

Hozirgi kunda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov xarakatlari Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan davom ettirilmoqda.

Dastlabki tergov harakatlari davomida transport vositasini Dj.R boshqarganligi ma’lum bo‘ldi, shu sababli fuqaro Dj.R himoyachi ishtirokida jinoyat ishida JKning 266-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, so‘roq qilingan.     

Kun.uz xabarida «Guvalak» mahallasida yashovchi Rahim Jo‘rayev (hokimning birinchi o‘rinbosari haydovchisi) hodisa vaqti rulda bo‘lgani yozilmoqda. Aslida esa Rahim Jo‘rayev o‘sha kuni rulda bo‘lmagani yoziladi.

Hozirgi kunga qadar o‘tkazilgan dastlabki tergov harakatlari davomida xizmat avtomobili Dj.Rga boshqarish uchun tegishli hujjatlar asosida topshirilganligi va hodisa kuni aynan u avtomashinani boshqarganligi aniqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!