Koronaviruslar haqida nimalarni bilmaymiz?
Ayni paytda koronavirus eng global muammoga aylanib bormoqda. Xo‘sh, ular haqida nimalarni bilamizu, nimalarni yo‘q?
Koronaviruslar (lotinchasi Coronaviridae) — 2020 yilni ham qo‘shganda 40 RNK virusini o‘z ichiga olgan oila bo‘lib, ular inson va hayvonlarga zarar yetkazadi. Virus nomi uning tuzilishidan kelib chiqqan: atrofidagi boshoqlar tojni eslatadi.
Koronaviruslar tarkibi
✅ SARS-CoV virusi atipik pnevmoniyani qo‘zg‘atuvchi bo‘lib, kasallik dastlab 2002 yilda Xitoyning Guandun viloyatida aniqlangan;
✅ MERS-CoV virusi Yaqin Sharq respirator sindromi bo‘lib, 2015 yilda Janubiy Koreyada ilk alomatlar aniqlangan;
✅ 2019-nCoV virusi pnevmoniyaning yangi turini keltirib chiqargan, 2019 yilda Xitoyning Uxan viloyatidan tarqala boshlagan.
Koronaviruslar shu paytgacha insoniyat uchun 3 marta xavf solgan. Ular sutemizuvchilar (mushuk, it, cho‘chqa, qoramol) va qushlarda kasallikni chaqiradi. Odamlarda ilk marta 1965 yilda aniqlangan.
Koronaviruslarning mikroskopdan ko‘rinishi aks etgan surat ham bor.