Koronavirus! Qozog‘istonda kuchaytirilgan karantin cheklovlari tiklanadi

Koronavirus! Qozog‘istonda kuchaytirilgan karantin cheklovlari tiklanadi

Qozog‘iston koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun qat’iy karantin cheklovlarini qaytaradi. Tegishli ko‘rsatmani mamlakat prezidenti Qosim-Jomart Tokayev bergan, deb xabar beradi "Sputnik Qozog‘iston".

Tokayev amaldorlarga ikki kun ichida "shu yilning mart-may oylaridagi kabi qattiq karantin joriy etish to‘g‘risida" taklif ishlab chiqish va topshirishni buyurdi. "Bosh vazir boshchiligidagi davlat komissiyasi pandemiyaga qarshi qarorlarni ishlab chiqishi va markazlashtirilgan nazoratni ta’minlashi kerak", — dedi Tokayev yig‘ilishda.

Prezident koronavirus atrofidagi vaziyatni urush bilan taqqosladi. “Biz, aslida, umuman boshqa qoidalar qo‘llaniladigan urushdamiz. Bular festivallar va forumlar emas. Bu mutlaqo boshqacha boshqaruv uslubini, chindan ham inqirozga qarshi kurashni talab qiladi”, — dedi Tokayev.

Qozog‘iston rahbari qo‘shimcha ravishda koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha vazifalar etarlicha bajarilmaganini qo‘shimcha qildi. Shu munosabat bilan Chimkent, Aqto‘be va Pavlodar viloyatlari rahbarlariga tanbeh berildi. Nur-Sulton va Olmaota shaharlari hokimlari hayfsan oldi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda 21 mingdan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan, 13 ming kishi tuzalib, 183 bemor vafot etgan. 16 martdan 11 maygacha mamlakatda favqulodda holat joriy qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!