Koronavirus! Qirg‘izistonda vaziyat og‘irlashmoqda

Koronavirus! Qirg‘izistonda vaziyat og‘irlashmoqda

Qirg‘izistonda bir kunda 1000 dan ortiq odam koronavirusga chalinmoqda. Oxirgi sutkada bu raqam 1020 ni tashkil etdi. Vafot etganlar soni esa 70 nafarga teng, deya xabar beradi RIA Novosti koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha respublika shtab-kvartirasiga tayanib.

"2020 yil 19 iyul holatiga respublikada pnevmoniyani hisobga olgan holda, Covid-19 ning 1020 ta yangi holati qayd etildi", – dedi markaz vakili.

Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi bir kun ichida koronavirusdan 70 kishi vafot etgan.

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi laboratoriyada tasdiqlangan Covid-19 va bemorlarda salbiy koronavirus testlarini o‘tkazgan pnevmoniya holatlari bo‘yicha statistikani birlashtirishga qaror qildi. Shunday qilib, bugungi kunda Qirg‘izistonda Covid-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 26532 kishiga yetdi. 1003 kishi vafot etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!