Koronavirus bir necha yildan so‘ng qanday o‘zgaradi?

Koronavirus bir necha yildan so‘ng qanday o‘zgaradi?

Bir necha yil ichida COVID-19 oddiy shamollashga aylanishi mumkin, hatto antitanalar bo‘lsa ham, odamlar uni yengil shaklda yuqtirishadi, degan RIA Novosti bilan suhbatda Jeneva universiteti kasalxonasi yuqumli kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish xizmati rahbari, qo‘llar uchun antiseptik vositasi kashfiyotchisi Didye Pitte.

Uning eslatishicha, dunyoda yuqumli koronavirusning bir qancha turlari bor, lekin ularga qarshi immunitet bolalikdan paydo bo‘ladi.

"20 yoshga to‘lganimizda, hammamizda bu to‘rt turli virusga antitanalar bo‘ladi... Ammo bizda bu viruslarga immunitet bo‘lsa ham, vaqti -vaqti bilan shamollash bo‘lib turadi... COVID-19 ham xuddi shu koronaviruslar bilan bir xilda bo‘lishi ehtimolga yaqin. Ya’ni, 5 yoki 10 yil ichida aholining 100% yoki ehtimol 99% koronavirusga qarshi antitanalarga ega bo‘ladi, ammo ular baribir koronavirusning yengil shaklida kasal bo‘laveradilar. Bu shamollashga o‘xshagan bo‘ladi ", degan u.

Pitte ta’kidlaganidek, agar hozirda dunyoda vaksinalar yaratilmaganda, koronavirusga qarshi immunitetni rivojlantirish uchun 6 dan 10 gacha infeksiya to‘lqinlari kerak bo‘lar edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!