Kobuldagi do‘konlarda oziq-ovqat mahsulotlari tugagan, shakar anchadan beri yo‘q

Kobuldagi do‘konlarda oziq-ovqat mahsulotlari tugagan, shakar anchadan beri yo‘q

Afg‘onistonda hozir asosiy muammo iqtisodiy jihatdir, do‘konlarda ba’zi mahsulotlar allaqachon tugagan. Bu haqda Rossiyaning Kobuldagi elchisi Dmitriy Jirnov RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, qochgan prezident Ashraf G‘ani hukumati davrida mamlakat byudjetining to‘rtdan uch qismi G‘arbning xayriya mablag‘lari hisobiga shakllangan.

"Endi u kesildi, Afg‘oniston aktivlari muzlatildi, Amerika banklarida saqlanayotgan oltin-valyuta zaxiralari ham muzlatildi", - deya tushuntirdi Jirnov mamlakatda pul kamligini ta’kidlab.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hozir respublikada narxlar oshmoqda, oziq-ovqat mahsulotlari javonlardan yo‘qolib bormoqda. Masalan, Kobulda shakar yo‘q. Bundan tashqari, milliy valyuta devalvasiya qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!