Kim nimaga qodir yoki..

Kim nimaga qodir yoki..

O‘zbek Milliy akademik drama teatrida “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida “Yosh oilalar va qizlar” mavzusida respublika konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Xalq ta’limi vazirliklari hamkorligida tashkil etilgan konferensiyada “Men ham yetakchi bo‘laman” mavzusida ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ayollar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Shuningdek, “Kim nimaga qodir?” ruknida tadbirkorlikka qiziquvchi oilalarning va qizlarning biznes reja taqdimotlari, “Ilm-fan kelajak poydevori” shiori ostida “Oilam kitob o‘qiydi” aksiyalari tashkil etildi. Tadbirga 400 nafarga yaqin kasb-hunar kolleji va tadbirkorlikka qiziqishi bo‘lgan faol, izlanuvchan qizlar qatorida Toshkent viloyati va Toshkent shahridan tashrif buyurgan vaqtincha ishsiz qizlar ham jalb etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Norboyeva ishtirok etdi.  

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!