Kiyev NATOning Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan sammitida Ukrainaning alyansga a’zo bo‘lishi haqidagi qat’iy va’dalarni olmoqchi — Politico

Kiyev NATOning Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan sammitida Ukrainaning alyansga a’zo bo‘lishi haqidagi qat’iy va’dalarni olmoqchi — Politico

Nashr bu haqda Ukrainaning NATOdagi missiyasi rahbari Natalya Galibarenkoga tayanib yozmoqda.

"Biz NATOga a’zo davlatlar Ukrainaning alyansga qo‘shilish sari muqarrar yo‘lini mustahkamlashini istardik", - deya Galibarenkoning so‘zlarini keltiradi nashr.

Politico ma’lumotlariga ko‘ra, Galibarenko, shuningdek, Kiyev NATOga a’zo bo‘lish arafasida ittifoqchi mamlakatlardan qurol-yarog‘ bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘proq choralar ko‘rilishiga erishmoqchi ekanligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, Galibarenko Ukraina 2023 yil yozida Vilnyusda bo‘lib o‘tgan NATO sammitida e’lon qilinganidan ko‘ra jiddiyroq va’dalar olmoqchi ekanligini bildirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!