KFC restoranlar tarmog‘iga berilgan halol sertifikati bekor qilindi

KFC restoranlar tarmog‘iga berilgan halol sertifikati bekor qilindi

KFC restoranlar tarmog‘iga egalik qiluvchi «The Caspian International Restaurants Company»ga berilgan halol sertifikati o‘z kuchini yo‘qotdi, deya xabar bermoqda Azan.kz.

Qayd etilishicha, kompaniya avvallari Rossiyaning halol standartiga amal qiluvchi “Belaya ptisa” fabrikasining mahsulotlaridan foydalanib kelgan. Biroq oxirgi paytda “Belaya ptisa” buyurtmalarni to‘liq yetkazib berishga qiynalgani sababli KFC restoranlari uchun boshqa – halol standartlariga amal qilmaydigan parranda fabrikalaridan olingan mahsulotlardan ham foydalanish boshlangan.

Shu munosabat bilan «The Caspian International Restaurants Company» halol standartiga to‘liq amal qilishni boshlamagunga qadar unga berilgan halol sertifikati haqiqiy emas deb hisoblanadigan bo‘ldi. 

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!