Kechgi tabassum!.. (15-qism)

Kechgi tabassum!.. (15-qism)

— Dadasi, mabodo men daryoga cho‘kib ketsam, nima qilardingiz?

— Shahar markaziga chopib borib «Tez yordam» chaqirib kelardim.

— Voy, shahar markazi uzoq-ku! Ulgurmaysiz-ku!

— Jonim, men sen uchun undan ham uzoqroqqa chopib borishga tayyorman!

 

* * *

 

Xotini uyga kech kelgani uchun urishavergach, er unga qarab baqirdi:

— Jim bo‘l! Menga baqirma! Uxla!

— Uxlayman, lekin jim bo‘lmayman!

 

* * *

 

Operasiyadan so‘ng narkoz ta’siri ketib uyg‘ongan er tepasida o‘tirgan xotinini juda muloyimlik bilan erkalab qo‘ydi. Xotini hayron bo‘lib hamshiradan so‘radi:

— To‘yimizdan beri meni biror marta erkalamagandi. Hayron bo‘lib qoldim. Bunaqangi dorini qayerdan topgansizlar-a?


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!