"Katta yettilik" Xitoyni Rossiyani himoya qilmaslikka chaqirdi

"Katta yettilik" Xitoyni Rossiyani himoya qilmaslikka chaqirdi

“Katta yettilik” davlatlari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSH, Fransiya va Yaponiya) Xitoyni Rossiyaga yordam bermaslikka va Moskvaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tib, uning harakatlarini oqlamaslikka chaqirmoqda. Bu haqda Germaniya shimolidagi Vangels kommunasida (Shlezvig-Golshteyn federal shtati) uch kunlik yig‘ilish yakunlari bo‘yicha G7 mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari tomonidan qabul qilingan qo‘shma bayonotda keltirilgan.

“Biz Xitoyni Rossiyaga Ukrainaga qarshi tajovuzkor urushida yordam bermaslikka chaqiramiz. Pekin Rossiya Federasiyasiga qarshi sanksiyalarni buzishdan tiyilishi va Rossiyaning Ukrainaga qarshi agressiv urushini oqlash uchun axborot manipulyasiyasi, dezinformasiya va boshqa vositalardan foydalanishdan saqlanishi kerak”, deyiladi hujjatda.

Shu bilan birga, G7 Tashqi ishlar vazirlari Xitoyni qoidalarga asoslangan xalqaro tartib bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga, xalqaro xavfsizlikka hissa qo‘shishga va global sog‘liqni saqlash xavfsizligini mustahkamlashda, global jamoat tovarlari bilan ta’minlashda, jumladan iqlim o‘zgarishi, biologik xilma-xillik va gender tengligi masalalarida hamkorlik qilishga chaqirdi.

“Biz Xitoyga BMT Nizomining “nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish” tamoyiliga rioya qilishini hamda tahdid, majburlash, qo‘rqitish yoki kuch ishlatishdan tiyilishini eslatamiz. Biz Xitoyni xalqaro huquqqa muvofiq, Ukraina suvereniteti va mustaqilligi hamda xalqaro miqyosda tan olingan chegaralari yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz”, deyiladi matnda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!