Kasallangan o‘qituvchilarni dori-darmon bilan ta’minlanishi bo‘yicha qanday chora-tadbirlar ko‘riladi?

Kasallangan o‘qituvchilarni dori-darmon bilan ta’minlanishi bo‘yicha qanday chora-tadbirlar ko‘riladi?

— Kasallangan o‘qituvchilarni dori-darmon bilan ta’minlanishi bo‘yicha qanday chora-tadbirlar ko‘riladi?

— Joriy yilning 13 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyaning bayoniga asosan umumta’lim muassasalarini koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlari, o‘qituvchi va xodimlarni koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishini oldini olish, profilaktika va davolash maqsadida ularni gidroksixloroxin xamda sink preparati bilan bepul ta’minlash vazifasi berilgan. 

Ushbu topshiriqni bajarish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shma qarori imzolandi. Ushbu dori vositalari bugungi kunda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan umumta’lim muassasalarining barcha o‘qituvchi va xodimlariga yetkazib berilishi boshlangan.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!