Karantinda uyda boqiladigan itlarni sayr qildirish mumkinmi?

Karantinda uyda boqiladigan itlarni sayr qildirish mumkinmi?

AOKA shtabida Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

 ❓Uyda boqiladigan itlarni sayr qildirish to‘g‘risida ma’lumot bersangiz?

❗️Muhim masala. Katta itlarni sayr qildirish zarur. Itlarni sayr qildirish TAQIQLANMAYDI. Biroq sayr qildirishda ehtiyot choralariga rioya qilishingiz kerak:

➖ uy atrofidan uzoqlashmasligingiz;

➖ itga tumshuqbog‘ taqishingiz;

➖ itingiz orqasidan tozalashingiz lozim.

? Ichki ishlar xodimlari agar uyingizdan uzoqlashganingizda Sizni ogohlantirish huquqiga ega. Bundan tashqari, it va mushuklarni saqlash qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka ham tortishlari mumkin.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!