Karantin! To‘yxonani noqonuniy sexga aylantirgan shaxs fosh bo‘ldi (FOTO)

Karantin! To‘yxonani noqonuniy sexga aylantirgan shaxs fosh bo‘ldi (FOTO)

Joriy yilning 4 aprel kuni Chirchiq shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirida yana bir qonunbuzilish holati aniqlandi. Shaharda joylashgan "Aziya" to‘yxonasida 1989 yil 11 iyulda tug‘ilgan, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida ro‘yxatda turuvchi fuqaro M.E hech qanday hujjatlarsiz tibbiy niqob ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.

U faoliyatini 2 aprelda boshlab, noqonuniy ravishda 183 nafar ishchi yollab, ular bilan og‘zaki ravishda, har bir niqob uchun 60 so‘mdan ish xaqi berishga kelishgan. Buning ustiga bu yerda tayyorlanayotgan mahsulotlarning sifati va belgilangan sanitariya talablariga nechog‘lik javob berishi hech kimni qiziqtirmagan.

Chirchiq shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan bino ko‘zdan kechirilganda 131 973 dona tayyor tibbiy niqob, 170 000 dona yarim tayyor mahsulot va 21 dona kleylash uskunasi, jami 301 994 dona, umumiy narxi 156 million 696 ming so‘mlik tovar moddiy boyliklar borligi aniqlandi. Nazorat tadbiri natijasida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqbuzarlik ashyolari masala qonuniy hal bo‘lgunga qadar vaqtinchalik olib qo‘yildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!