Karantin: butun Moskva ishsiz qolishi mumkin

Karantin: butun Moskva ishsiz qolishi mumkin

Koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan iqtisodiy inqiroz sharoitida ko‘plab Moskva aholisi ishsiz qolish xavfi ostida. Bu haqda poytaxt meri Sergey Sobyanin o‘z veb-saytida ma’lum qildi.

"Mavjud qiyin vaziyatda, afsuski, ko‘plab moskvaliklar ishsiz qolishadi", deb yozdi u.

Sobyanin ishini yo‘qotganlarga yordam berish uchun, jumladan, mintaqaviy kompensasiya to‘lovlarini to‘lash uchun maxsus yordam choralari ishlab chiqilishini ta’kidladi. Ishsizlik bo‘yicha nafaqa 19,5 ming rublni tashkil qiladi. To‘lov avtomatik ravishda belgilanadi, deb va’da qildi Sobyanin.

29 mart kuni Sobyanin poytaxtda umumiy izolyasiya rejimini joriy etdi. U 30 martdan ishlay boshlaydi va yoshidan qat’iy nazar barcha poytaxt aholisiga qo‘llaniladi. Shu bilan birga, choralar fuqarolarning Moskvaga kelish yoki undan chiqib ketish huquqini cheklamaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!